
Messi oilasi bilan aeroportda. Uning keyingi manzili bo‘yicha ma’lumot berildi (Foto)
Xabaringiz bor, Lionel Messi "Barselona"ni erkin agent sifatida tark etdi. Endi uning qaysi klubga o‘tishi muhokama qilinmoqda.
Bugun argentinalik yulduz oilasi bilan Kataloniya aeroportida ko‘rinish berdi. Messi u erni tark etayotgandi.
Ko‘plab taniqli jurnalistlar Leo endi u erdan Parijga yo‘l olishini ishonch bilan yozmoqda. Kecha ham shunday fikrlar bildirildi. Hatto PSJ stadioni atrofida ko‘plab muxlislar va juranlistlar yig‘ildi. Ular Messining kelishini va taqdimot marosimi o‘tkazilishini kutishgandi.
Ko‘ramiz yaqin soatlarda bu ma’lumotlar haqiqatga qanchalik to‘g‘ri kelishini.
Fikrlar